QURAI — qurilish uchun raqamli platforma
AI smeta va ShNK normalari
QURAI smeta studiyasi smetachi va PTO mutaxassisining ishini tezlashtiradi: loyihadan ish hajmlarini yig'ish, normativdan mos qatorni topish, narxlash va resurs smetasini chiqarish bitta joyda bajariladi.
Smeta qanday tuziladi
- LRV — loyiha va ish hajmlari bo'yicha lokal resurs vedomost shakllanadi.
- Narxlash — har qator uchun stavka va manbali narx belgilanadi; narx qaerdan olingani ko'rinib turadi.
- RES — resurs smetasi: material, mehnat va mashina-soat alohida kataloglar bo'yicha.
- Mavjud smeta Excel fayldan import qilinadi, asl qatorlar o'zgarmaydi; keyingi o'zgarishlar alohida versiya sifatida saqlanib, «Versiyalar va farq» ekranida solishtiriladi.
ShNK normalari va qidiruv
- Normativ qatorni nomi yoki shifri bo'yicha qidirish mumkin; lotin va kirill yozuvi bir xil topiladi.
- Smeta qatoriga mos norma yoki zamena avval smeta ichidagi mavjud qatordan qidiriladi, faqat oxirgi chora sifatida alohida qo'shimcha ish kiritiladi.
AI yordamchi nima qiladi
- Buyruq satri (Ctrl+K) orqali savol berish va amalni tez bajarish: qator topish, narxni tekshirish, obyekt holatini ko'rish.
- AI taklif beradi, yakuniy qaror va tasdiq foydalanuvchida qoladi. Natija mutaxassis tekshiruvini almashtirmaydi.
Summalar qanday ko'rsatiladi
- Birlik narxi QQS siz saqlanadi. Har summa ustama (nakrutka) bilan va ustamasiz birga ko'rinadi; QQS alohida yorliq bilan beriladi.
- Narxi yo'q qator yashirilmaydi: u bo'sh deb belgilanadi va bildirishnoma chiqadi.
Ko'rsatilgan imkoniyatlar kompaniya sozlamasi va foydalanuvchi roliga qarab ochiladi.